MA’LUMOTLAR TAHLILI ASOSIDA KORXONALARDA XODIMLARNI RAG’BATLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22877538Abstract
Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida xodimlarni rag‘batlantirish tizimini ma’lumotlar tahlili usullari asosida takomillashtirish muammosi ko‘rib chiqilgan. Mavjud amaliyotda rag‘batlantirish tizimining ko‘pincha barcha xodimlar uchun bir xil tarzda shakllantirilishi, ularning individual ehtiyojlari va motivatsion ustuvorliklari hisobga olinmasligi asosiy muammo sifatida belgilangan. Maqolada motivatsiya nazariyalarining qisqacha tahlili keltirilgan, xodimlarni rag‘batlantirish omillarini aniqlash va baholashning ma’lumotlarga asoslangan metodologiyasi (so‘rovnoma, tavsifiy statistika va klaster tahlili) taklif etilgan hamda ushbu tahlil natijalariga tayanuvchi differensiallashtirilgan rag‘batlantirish mexanizmining konseptual modeli ishlab chiqilgan. Metodologiya 51 nafar respondent ishtirokidagi pilot so‘rovnoma orqali sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, natijalar ijtimoiy-psixologik omillarning motivatsiyaga eng kuchli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan yondashuv korxona rahbariyatiga xodimlarni rag‘batlantirishga subyektiv emas, balki ilmiy-statistik asoslangan tarzda yondashish imkonini beradi.
Keywords
employee incentives, motivation, data, data analysis, cluster analysis, statistical analysis, service sector, human resourcesReferences
Maslow, A. H. (1943). A Theory of Human Motivation. Psychological Review, 50(4), 370–396.
Herzberg, F. (1959). The Motivation to Work. John Wiley & Sons.
Vroom, V. H. (1964). Work and Motivation. Wiley.
Adams, J. S. (1963). Towards an Understanding of Inequity. Journal of Abnormal and Social Psychology, 67(5), 422–436.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-son Farmoni, https://lex.uz/ru/docs/-5841063
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” O‘RQ-798-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-6257345
O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi. Mehnat bozori va aholi bandligi bo’yicha rasmiy statistik ma’lumotlar. (n.d.). stat.uz rasmiy sayti.
Abdurahmonova, G. (2023). Inson resurslarini boshqarish. Fan.
Azlarova, M. M. (2019). Inson resurslarini boshqarish. Iqtisod-Moliya.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

