TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASHNING NAZARIY-USLUBIY YONDASHUVLARI VA KO‘RSATKICHLAR TIZIMI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22701776Abstract
Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlari eksport salohiyatini baholashning nazariy-uslubiy yondashuvlari
tizimlashtirilgan hamda ko‘p o‘lchovli ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan. Mavjud yondashuvlar (resurs, natija, qiyosiy-
raqobat va integral) qiyosiy tahlil qilinib, ularning afzalliklari va cheklovlari aniqlangan. Muallif tomonidan oltita blokni
qamrab oluvchi Eksport Salohiyatini Baholash Indeksi (ESBI) taklif etilgan. Bloklarning vaznlari ekspert baholashning
AHP usuli asosida belgilangan, integral indeks esa min–maks normallashtirish va vaznli yig‘indi usuli orqali hisoblangan.
Metodika Buxoro viloyatidagi 60 ta tadbirkorlik subyekti ma’lumotlari asosida sinovdan o‘tkazilib, indeksning eksport faolligi
bilan yuqori darajadagi bog‘liqligi (r = 0,71) aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Keywords
eksport salohiyati, baholash metodikasi, ko‘rsatkichlar tizimi, integral indeks, ESBI, AHP, normallashtirish, tadbirkorlik subyektlari.References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-5841063
Porter, M.E. (1990). The Competitive Advantage of Nations. Free Press, New York.
Penrose, E. (1959). The Theory of the Growth of the Firm. Oxford University Press, Oxford.
Barney, J. (1991). Firm resources and sustained competitive advantage. Journal of Management, 17(1), 99–120.
Teece, D.J. (2007). Explicating dynamic capabilities. Strategic Management Journal, 28(13), 1319–1350.
Saaty, T.L. (1980). The Analytic Hierarchy Process. McGraw-Hill, New York.
OECD & European Commission (2008). Handbook on Constructing Composite Indicators. OECD Publishing, Paris.
Markaziy bank (2025). 2024-yil to‘lov balansi va tashqi savdo sharhi. Toshkent.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

