TASHQI SAVDO JARAYONLARINI BOSHQARISHDA “INTEGRATSIYALASHGAN TARIF” INTERAKTIV XIZMATIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22701420Abstract
Tashqi savdo jarayonlarini boshqarishda notarif tartibga solish choralari bo‘yicha axborot ta’minotini takomillashtirish
masalalari tadqiq etilgan. Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining tovarlarni import va eksport
qilish jarayonida qo‘llaniladigan notarif choralar, jumladan, ruxsatnomalar, sertifikatlar, nazorat turlari hamda vakolatli
davlat organlari to‘g‘risida ishonchli va tezkor axborot olish imkoniyatlari tahlil qilingan. “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv
xizmatining tashqi savdo jarayonlarini boshqarishdagi o‘rni va notarif tartibga solish samaradorligiga ta’siri yoritilgan.
Mazkur xizmat orqali tashqi savdo ishtirokchilarining tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan notarif choralar haqida oldindan
ma’lumot olishi tashqi savdo operatsiyalarini samarali rejalashtirish, vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, ortiqcha
ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish imkonini berishi asoslangan. Shuningdek,
notarif choralar to‘g‘risidagi axborotni yagona raqamli muhitda shakllantirish va muntazam yangilab borish tashqi
savdo jarayonlarining shaffofligi hamda prognoz qilinish darajasini oshirishning muhim omili sifatida baholangan. “Integratsiyalashgan
tarif” interaktiv xizmati tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni internet orqali olish, shuningdek, axborotni real vaqt rejimida taqdim etish imkonini
berishi normativ-huquqiy jihatdan asoslangan.
Keywords
tashqi savdo, tashqi iqtisodiy faoliyat, menejment, notarif choralar, axborot ta’minoti, raqamlashtirish, raqamli boshqaruv, “Integratsiyalashgan tarif”, interaktiv xizmat, ruxsatnoma, sertifikatlashtirish, tashqi savdo jarayonlari, boshqaruv samaradorligi, ochiq axborotReferences
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-57-son Farmoni: https://lex.uz/uz/docs/-7451997
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarori: https://lex.uz/uz/docs/-7452043
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy
tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4297-son qarori: https://lex.uz/uz/docs/-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4525-son qarori: https://lex.
uz/uz/docs/-4602230
World Trade Organization. Trade Facilitation Agreement. – Geneva: WTO.
World Customs Organization. Transparency and Predictability Guidelines. – Brussels: WCO.
World Customs Organization. Single Window Environment. – Brussels: WCO.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

