ERKIN IQTISODIY ZONALARNING ASOSIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARINI PROGNOZLASH VA PROGNOZ NATIJALARINI BAHOLASH (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • Aziz Ibragimov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22701291

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyatidagi erkin (maxsus) iqtisodiy zonalarning asosiy rivojlanish ko‘rsatkichlari
2018–2025-yillardagi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida prognoz qilindi va prognoz natijalarining ishonchliligi baholandi.
Tadqiqotda sanoat mahsuloti hajmi, asosiy kapitalga investitsiyalar va ish o‘rinlari soni asosiy indikatorlar sifatida
tanlandi. Dinamik qatorlar chiziqli trend modeli yordamida baholanib, 2026–2030-yillar uchun nuqtaviy prognozlar hisoblandi.
Model adekvatligini tekshirishda determinatsiya koeffitsiyenti, trend parametrining statistik ahamiyatliligi hamda
siljib boruvchi bir qadamli prognozlar uchun simmetrik o‘rtacha mutlaq foiz xatolik (sMAPE) qo‘llanildi. Natijalar sanoat
ishlab chiqarishi trendining yuqori izohlash kuchiga ega ekanini (R² = 0,913), investitsiya va bandlik qatorlarida esa strukturaviy
sakrashlar tufayli prognoz noaniqligi yuqori ekanini ko‘rsatdi. 2030-yilga kelib sanoat mahsuloti hajmi bazaviy trend
bo‘yicha 1 912,3 mlrd so‘mga yetishi mumkin. Investitsiya va bandlik bo‘yicha olingan qiymatlar indikativ prognoz sifatida
talqin qilinib, ularni loyiha portfeli, tarmoq tarkibi va choraklik monitoring ma’lumotlari bilan muntazam qayta kalibrlash
zarurligi asoslandi

Keywords

erkin iqtisodiy zona, maxsus iqtisodiy zona, prognozlash, trend modeli, investitsiya, sanoat ishlab chiqarishi, bandlik, sMAPE, Buxoro viloyati

Author Biography

Aziz Ibragimov

Osiyo xalqaro universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi

References

Alsharif, A. A., & Brenner, T. (2026). Special economic zones and innovation in developing and emerging economies: A

cross-country analysis. Journal of Evolutionary Economics, 36, Article 30. https://doi.org/10.1007/s00191-026-00949-6

Farole, T. (2011). Special economic zones in Africa: Comparing performance and learning from global experiences.

World Bank. https://doi.org/10.1596/978-0-8213-8638-5

Hyndman, R. J., & Athanasopoulos, G. (2021). Forecasting: Principles and practice (3rd ed.). OTexts. https://otexts.

com/fpp3/

Lu, Y., Wang, J., & Zhu, L. (2019). Place-based policies, creation, and agglomeration economies: Evidence from China’s

economic zone program. American Economic Journal: Economic Policy, 11(3), 325–360. https://doi.org/10.1257/

pol.20160272

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026a). Maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari tomonidan

amaldagi narxlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti (ishlar, xizmatlar) hajmi (QQS va aksizsiz) (hududlar kesimida)

[Ma’lumotlar to‘plami]. SIAT. https://siat.stat.uz/data/3641/

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026b). Maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari bo‘lgan

korxonalarning moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapital investitsiyalari (hududlar kesimida)

[Ma’lumotlar to‘plami]. SIAT. https://siat.stat.uz/data/3673/

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2026c). Maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari bo‘lgan

korxonalarning hisobot davri oxiriga ish o‘rinlari soni (hududlar kesimida) [Ma’lumotlar to‘plami]. SIAT. https://siat.stat.

uz/data/3681/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2017, 12-yanvar). “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy

zonalarini tashkil etish to‘g‘risida (PF-4931-son Farmon). LexUZ.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2018, 10-iyul). “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari

to‘g‘risida (PQ-3843-son Qaror). LexUZ.

United Nations Conference on Trade and Development. (2019). World investment report 2019: Special economic

zones. United Nations. https://unctad.org/publication/world-investment-report-2019

Wong, M. D., & Buba, J. (2017). Special economic zones: An operational review of their impacts. World Bank Group.

https://documents.worldbank.org/curated/en/316931512640011812

Zeng, D. Z. (2022). What determines the heterogeneous performance of special economic zones? Evidence from Sub-

Sahara Africa. Global Policy, 13(4), 495–506. https://doi.org/10.1111/1758-5899.13054

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son