TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINING PROGNOZ SSENARIYLARI

Authors

  • Nodirjon O‘ktamov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22661412

Abstract

Tijorat banklari likvidliligining prognoz ssenariylari nazariy va empirik jihatdan chuqur tahlil qilinib,
O‘zbekistonning yirik davlat banklaridan biri — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) misolida likvidlik ko‘rsatkichlarining
2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda 2016–2025-yillardagi 40 ta choraklik
kuzatuv (2016Q1–2025Q4) asosida SQBning to‘rtta asosiy likvidlik ko‘rsatkichi — HQLA Ratio, LCR, NSFR va Instant
Liquidity Ratio (IML) dinamikasi ARIMA(1,1,1), SARIMA(1,1,1)(1,1,1,4) hamda Holt–Winters uch karra eksponensial silliqlash
modellari yordamida prognozlashtirilgan. Uchta modelning 95 %lik ishonch oraliqlari asosida pessimistik, bazaviy
va optimistik ssenariylar shakllantirilgan hamda Bates–Granger ensemble forecasting yondashuvi asoslab berilgan. Tahlil
natijalari SQBning likvidlik ko‘rsatkichlari 2030-yilga qadar Bazel III va Markaziy bankning minimal talablaridan sezilarli
darajada yuqori saqlanishini ko‘rsatdi (bazaviy ssenariyda: LCR — 206,6 %, NSFR — 119,1 %, IML — 84,5 %). Muallif
tomonidan risk-menejment sohasi uchun stress-test ssenariylarini kengaytirish, ensemble forecasting metodologiyasini
joriy etish, HQLA portfelini diversifikatsiya qilish, mavsumiy strategiyalarni ishlab chiqish hamda real vaqt rejimida intraday
likvidlik monitoringi tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Keywords

tijorat banki, likvidlik prognozi, ARIMA, SARIMA, Holt–Winters, ensemble forecasting, HQLA Ratio, LCR, NSFR, IML, Bazel III, ishonch oralig‘i, stress-test, O‘zsanoatqurilishbank, prognoz ssenariylari

Author Biography

Nodirjon O‘ktamov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, mustaqil tadqiqotchi

References

Diamond D. W., Dybvig P. H. Bank Runs, Deposit Insurance, and Liquidity // Journal of Political Economy. — 1983. —

Vol. 91, No. 3. — P. 401–419.

Brunnermeier M. K., Pedersen L. H. Market Liquidity and Funding Liquidity // The Review of Financial Studies. —

— Vol. 22, No. 6. — P. 2201–2238.

Carlson M., Duygan-Bump B., Nelson W. Why Do We Need Both Liquidity Regulations and a Lender of Last Resort? //

Finance and Economics Discussion Series. — Washington, D.C.: Board of Governors of the Federal Reserve System,

— No. 2015-011.

Anderson R., Pagano M., Reichlin P. The Economic Impact of Basel III: A Literature Review // European Economic

Review. — 2018. — Vol. 105. — P. 76–90.

Abdullayeva Sh. Z. Bank ishi: o‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2019. — 628 b.

Abdullayeva Sh. Z., Omonov A. A. Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish. — Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2015. — 122

b.

Bobokulov T. Tijorat banklari likvidligini tartibga solishda pul-kredit siyosati // TDIU ilmiy jurnali. — 2020.

Downloads

Published

2026-08-01
Vol. 4 No. 8 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 8-son