HUDUDLAR IQTISODIYOTIDAGI NOMUTANOSIBLIKLARNI BARTARAF ETISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY MEXANIZMLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22370582Abstract
O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy rivojlanishida shakllanayotgan hududiy nomutanosibliklarning asosiy
omillari hamda ularni kamaytirishning institutsional va iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Hududiy rivojlanishning
sanoat, investitsiya, bandlik, infratuzilma, tadbirkorlik, mahalliy moliyaviy imkoniyatlar va innovatsion faollik bilan bog‘liq
jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoro viloyati misolida mavjud statistik ma’lumotlar dinamik jihatdan tahlil qilinib,
hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendensiyalar bilan bir qatorda, iqtisodiy faollikning hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi
muammosi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida hududlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra differensial
boshqarish, investitsiyalarni nafaqat mavjud iqtisodiy markazlarga, balki rivojlanish salohiyati yetarli darajada ishga
solinmagan hududlarga ham yo‘naltirish, sanoat va infratuzilma loyihalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish hamda hududiy iqtisodiy
mutanosiblikni baholashda kompleks indeksdan foydalanish taklif etilgan. Hududiy iqtisodiy mutanosiblik indeksini
(HIMI) shakllantirishning metodik yondashuvi ishlab chiqilgan.
Keywords
hududiy iqtisodiyot, iqtisodiy nomutanosiblik, hududiy rivojlanish, sanoat, investitsiya, infratuzilma, bandlik, hududiy differensiallashuv, iqtisodiy mutanosiblik, kompleks indeks.References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi Farmoni. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni.: https://lex.uz/ru/docs/-5841063
Vahobov A. V., Xajibakiyev Sh. X., Raximov A. Mintaqaviy iqtisodiyot va hududiy rivojlanish. - Toshkent: Universitet,
Granberg A. G. Osnovy regionalnoy ekonomiki. - Moskva: GU VShE, 2004.
Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. - New York: Free Press, 1990.
Krugman P. Geography and Trade. - Cambridge, MA: MIT Press, 1991.
OECD, JRC - European Commission. Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide.
- Paris: OECD Publishing, 2008.
Saaty T. L., Vargas L. G. Models, Methods, Concepts and Applications of the Analytic Hierarchy Process. - 2nd ed. -
New York: Springer, 2012.
Nizomov A. B., Yavmutov D. Sh., Kosimova H. J. Buxoro viloyati sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanish
tendensiyalari va istiqbolli yo‘nalishlari: monografiya. - Buxoro, 2024.
Nuritdinov B. K. Namangan viloyatida sanoatni hududiy tashkil etishning mintaqaviy iqtisodiy determinantlari va
rivojlanish xususiyatlari. - 2026. Tadqiqotda investitsiya, mehnat resurslari, infratuzilma, urbanizatsiya va bozor sig‘imi
asosida hududiy sanoat rivojlanishi baholangan.
Axmedov O. T. Hududiy rivojlanish va barqaror iqtisodiy taraqqiyot masalalariga oid tadqiqot materiallari // Yashil
iqtisodiyot va taraqqiyot. - 2025.
Alimqulov H. Hududiy moliyaviy nomutanosibliklarni kamaytirish va mahalliy budjetlar barqarorligi masalalariga oid
tadqiqot. - 2026.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

