To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15086833Keywords:
to‘qimachilik sanoati, qayta ishlash jarayoni, blockchain texnologiyasi, Lean Manufacturing, ta’minot zanjiri, ekologik barqarorlik, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish masalasi
o‘rganilgan bo‘lib, asosiy e’tibor ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, chiqindilarni kamaytirish va ekologik
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot davomida blockchain texnologiyasi, Lean Manufacturing
tamoyillari, ta’minot zanjirini optimallashtirish va ekologik barqaror ishlab chiqarish texnologiyalarini
rivojlantirish kabi strategik yondashuvlar tahlil qilindi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, blockchain texnologiyasini joriy etish orqali ta’minot zanjirining shaffofligini oshirish,
mahsulotlarni kuzatish tizimini takomillashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarida noaniqliklarni kamaytirish
mumkin. Lean Manufacturing tamoyillari esa ishlab chiqarish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha
xarajatlarni kamaytirish va tannarxni optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, ta’minot zanjirining
samarali boshqaruvi transport va logistika xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Ekologik barqaror texnologiyalarni rivojlantirish esa qayta ishlangan materiallardan foydalanish
va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali sanoatning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish imkonini
beradi.
Tahlil natijalari SWOT tahlil asosida umumlashtirildi va mavjud kuchli va zaif tomonlar, imkoniyatlar va
tahdidlar aniqlab berildi. Tadqiqot asosida sanoat korxonalariga blockchain texnologiyasini joriy etish, Lean
Manufacturing tizimini keng qo‘llash, ta’minot zanjirini optimallashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash
bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu maqola to‘qimachilik sanoatida qayta ishlash jarayonlarini
modernizatsiya qilishga oid ilmiy va amaliy yechimlarni taqdim etadi hamda sanoatning barqaror rivojlanishiga
hissa qo‘shish uchun strategik yo‘nalishlarni aniqlaydi.
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.