KERAMIKA ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MEHNAT SHAROITLARINI SANITAR-GIGIYENIK VA INTEGRAL BAHOLASH («OZIQ-OVQAT STANDART KARTON» MCHJ TARKIBIDAGI «TOSHKENT KAFEL» KORXONASI MISOLIDA)

Authors

  • S. Sulaymanov
  • N.A. Erdonova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22211034

Abstract

Keramika plitkalari ishlab chiqarish korxonasidagi asosiy kasbiy guruhlarning mehnat sharoitlarini sanitar-
gigiyenik va integral baholash natijalari yoritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida kompressor qurilmalari mashinisti, gaz
pechlari operatori, yanchuvchi-maydalovchi hamda mexanikning ish joylari tanlangan. Ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish
materiallari asosida shovqin, tebranish, chang va zararli moddalar, mikroiqlim, yoritilganlik darajasi, shuningdek,
mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqishi tahlil qilingan. Dastlabki materiallarda aksariyat fizik va kimyoviy omillar 2-sinf
doirasida baholangan bo‘lsa-da, ayrim kasbiy guruhlarda mehnat jarayonining og‘irligi 3.2-sinf darajasiga yetgan. Mazkur
natijalar keramika ishlab chiqarishda kasbiy xavflarni faqat ishlab chiqarish muhiti omillari asosida emas, balki ergonomik
va psixofiziologik yuklamalarni ham hisobga olgan holda kompleks boshqarish zarurligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar ish
joylarida ustuvor profilaktik chora-tadbirlarni belgilash, mahalliy ventilyatsiya tizimini takomillashtirish, shovqin darajasini
kamaytirish, ish holatlarini optimallashtirish, mehnat va dam olish rejimini takomillashtirish hamda davriy tibbiy nazoratni
kuchaytirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Keywords

mehnat sharoitlari, keramika ishlab chiqarish, kasbiy xavf, sanitar-gigiyenik baholash, mehnat og‘irligi, mehnat zo‘riqishi, shovqin, chang, mikroiqlim, ergonomika.

Author Biographies

S. Sulaymanov

Toshkent davlat transport universiteti, professori,

N.A. Erdonova

Toshkent davlat transport universiteti, mustaqil tadqiqotchi (PhD),

References

Солонщиков П. Н., Горбунов Р. М. Безопасность труда на рабочих местах : учебное пособие. — Киров, 2015.

— С. 35–38.

Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyalash materiallari: «Oziq-ovqat standart karton» MCHJ tarkibidagi

«Toshkent Kafel» korxonasi. — Mualliflar taqdim etgan dastlabki ma’lumotlar.

Shojaee Barjoee S., Rodionov V. Comprehensive risk profiling of occupational harmful factors in the ceramic industry:

a case study from Iran // Environmental Science and Pollution Research. — 2026. — Vol. 33, No. 8. — P. 3122–3151.

— DOI: 10.1007/s11356-026-37443-2.

Occupational Exposure Assessment of Fine Particulate Matter (PM2.5) and Respirable Crystalline Silica in the Ceramic

Industry of Indonesia // Atmosphere. — 2025. — Vol. 16, No. 10. — Art. 1125. — DOI: 10.3390/atmos16101125.

Sahri M., Sunaryo M. The Analysis of C-Silica Dust Content in Respirable Dust in the Ceramic Industry // The

Indonesian Journal of Occupational Safety and Health. — 2020. — Vol. 9, No. 2. — P. 205–213. — DOI: 10.20473/

ijosh.v9i2.2020.205-213.

Occupational Exposure to Respirable Dust among Ceramic Tiles Industry Workers in Tanzania // Discover Public

Health. — 2025.

Effect of Workplace Noise on Hearing Ability in Tile and Ceramic Industry Workers in Iran: A 2-Year Follow-Up Study

// PubMed-indexed study. — 2014.

Özdemir F., Ören Ö. Risk Assessment of a Ceramic Factory Using the Fine-Kinney Method // International Journal of

Economic and Environmental Geology. — 2025. — Vol. 16, No. 1. — P. 14–20.

Application of Two Risk Assessment Methods in Ceramic Manufacturing Enterprises // PubMed-indexed study. —

Gielec L., Izycki J., Woźniak H. Evaluation of Long-Term Occupational Exposure to Dust and Its Effect on Health during

Production of Ceramic Tiles. — 1992. — Vol. 43, No. 1. — P. 25–33.

Development of an Exposure Matrix for Respirable Crystalline Silica in the British Pottery Industry // The Annals of

Occupational Hygiene. — 1998. — Vol. 42, No. 3. — P. 209–217.

Occupational Injuries Associated with Safety Climate among Ceramic Industry Workers in Iran // Scientific Reports. —

— Vol. 15. — Art. 24585.

Downloads

Published

2026-08-01
Vol. 4 No. 8 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 8-son