NOMODDIY AKTIVLAR BILAN BOG‘LIQ HISOB BAHOLARINI AUDIT QILISHNING ISA 540 ASOSIDAGI METODIKASI

Authors

  • Izzatilla Ishankulov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.22179336

Abstract

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq hisob baholarini,
xususan, adolatli qiymat va qadrsizlanishni audit qilish masalalari tadqiq etilgan. Nomoddiy aktivlarning balans qiymati
ko‘p jihatdan rahbariyat tomonidan shakllantiriladigan taxminlarga asoslanishi sababli, aynan baholash tasdig‘i auditning
murakkab va yuqori xatarli yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslangan. Tadqiqot metodologiyasida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish
va modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida ISA 540 asosida hisob baholarini audit qilishning uslubiy
majmui ishlab chiqilgan: baholarning xos xatar omillari bo‘yicha tasnifi, auditor javobining uchta yondashuvidan birini
tanlash algoritmi, qadrsizlanish testini tekshirishning olti bosqichli modeli va tekshiruv varaqasi taklif etilgan. Tadqiqotning
ilmiy yangiligi sezgirlik tahlili asosida auditor oralig‘ini shakllantirish va uni rahbariyat bahosi bilan taqqoslash mexanizmini
ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.

Keywords

nomoddiy aktiv, hisob bahosi, ISA 540, adolatli qiymat, qadrsizlanish, baholash noaniqligi, sezgirlik tahlili, auditor oralig‘i, DCF modeli, AKT sohasi.

Author Biography

Izzatilla Ishankulov

TDIU mustaqil izlanuvchisi, PhD

References

Alharasis E.E., Alkhwaldi A.F., Hussainey K. Fair value disclosures and audit issues // International Journal of Law and

Management. – 2024. – Vol. 66, No. 4. – P. 417–446.

Damodaran A. Investment Valuation: Tools and Techniques for Determining the Value of Any Asset. – 3rd ed. –

Hoboken, NJ: John Wiley & Sons, 2012.

Gonçalves R., Morais A.I., Pinto I. Goodwill impairment and key audit matters // Cogent Business & Management. –

– Vol. 10, No. 2. – Art. 2207877.

IAASB. ISA 540 (Revised): Auditing Accounting Estimates and Related Disclosures. – New York: IFAC, 2018.

IAASB. Handbook of International Quality Management, Auditing, Review, Other Assurance, and Related Services

Pronouncements. – New York: IFAC, 2024.

IFRS Foundation. IAS 36: Impairment of Assets. – London: IFRS Foundation, 2024.

IVSC. International Valuation Standards. – London: International Valuation Standards Council, 2024.

Reilly R.F., Schweihs R.P. Valuing Intangible Assets. – New York: McGraw-Hill, 1999.

Suyunov N.D. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi. – Tashkent, 2021. – Available at: ResearchGate. – Murojaat

sanasi: 04.07.2026.

Xajimuratov N.Sh. Moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash yo‘nalishlari // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2024. – Vol. 2, No. 4. – P. 15–22.

Zhang Y., Vasarhelyi M.A. Auditing accounting estimates using technology: evidence and implications // Journal of

Emerging Technologies in Accounting. – 2022. – Vol. 19, No. 1. – P. 45–63.

Downloads

Published

2026-08-01
Vol. 4 No. 8 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 8-son