DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA HUDUDIY INFRATUZILMAGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Azizbek Ismoilov

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.21883593

Abstract

Mazkur tezisda mintaqaviy rivojlanishni investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan
foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishida ishlab chiqarish, transport,
energetika, kommunal va ijtimoiy infratuzilmaning ahamiyati asoslangan. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik tizimining rivojlanish
tendensiyalari hamda asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibi rasmiy statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Davlat-xususiy
sheriklik loyihalarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, loyihalarni tanlashda kompleks samaradorlik
ko‘rsatkichlaridan foydalanish, investitsiya risklarini tomonlar o‘rtasida optimal taqsimlash va loyihalarning postinvestitsion monitoringini
tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, hududiy davlat-xususiy sheriklik loyihalarini saralash uchun
mualliflik yondashuviga asoslangan integral baholash mexanizmi taklif etilgan.

Keywords

mintaqaviy rivojlanish, investitsiyalar, davlat-xususiy sheriklik, infratuzilma, xususiy kapital, investitsiya loyihasi, hududiy iqtisodiyot, investitsiya riski, samaradorlik.

Author Biography

Azizbek Ismoilov

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi

References

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 10-may, O‘RQ-537-son // Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/4329270 (murojaat sanasi: 10.08.2026).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2024-yil 30-avgust, PQ-308-son // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://

lex.uz/docs/7089556 (murojaat sanasi: 10.08.2026).

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. 2025-yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 591,1 trln so‘mga yetdi [Elektron

resurs]. – 2026-yil 26-yanvar. – URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/66505-2025-jilda-asosij-kapitalgainvestitsiyalar-

-1-trln-s-mga-etdi-2 (murojaat sanasi: 10.08.2026).

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy kapitalni mobilizatsiya qilish”

mavzusidagi III Davlat-xususiy sheriklik davra suhbati: birinchi kun [Elektron resurs]. – 2025-yil 18-noyabr. – URL: https://gov.

uz/uz/imv/news/view/103362 (murojaat sanasi: 10.08.2026).

Narziyev U. Transport sohasida davlat-xususiy sheriklik va iqtisodiy o‘sish: integratsiyalashgan yondashuv va imkoniyatlar //

Muhandislik va iqtisodiyot. – 2026. – J. 4, № 2. – DOI: 10.5281/zenodo.18875381.

Ibrohimov Sh. Iqtisodiyotning ekologik transformatsiyasi sharoitida ijtimoiy o‘sishni indikativ baholash metodologiyasi // Green

Economy and Development. – 2025. – J. 3, № 9. – DOI: 10.5281/zenodo.17215183.

Downloads

Published

2026-03-30
Vol. 4 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 3-son Mart Konferensiya