PAXTANI MASHINA TERIMIGA TAYYORLASH VA AGROTEXNIK TADBIRLARNI OLIB BORISH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.20823629Keywords:
paxta, mashina terimi, agrotexnika, defoliatsiya, chilpish, chekanka, hosildorlik, mexanizatsiya, vegetativ o‘sish, generativ rivojlanish, tomchilatib sug‘orish, fertigatsiya, suv rejimi, tuproq namligiAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida paxta yetishtirishni mexanizatsiyalash va hosilni mashina terimiga
tayyorlash bo‘yicha asosiy agrotexnik tadbirlar yoritilgan. Paxta ekishning turli texnologik usullari — qator oralig‘i, tekis
va pushtaga ekish, plyonka ostiga ekish hamda ularga mos agrotexnologik kartalarning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek,
paxta hosilini mashina yordamida yig‘ib olish samaradorligi, mehnat unumdorligini oshirish va tannarxni kamaytirishdagi
roli asoslab berilgan. Maqolada dalalarni mashina terimiga tayyorlash talablari, jumladan, begona o‘tlardan
tozalash, g‘o‘za tuplarini bir tekis shakllantirish, defoliatsiya va chilpish (chekanka) ishlarini maqbul muddatlarda o‘tkazish
masalalari batafsil ko‘rib chiqilgan. Mashina terimi sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan agrotexnik talablar, paxta yo‘qotilishini
kamaytirish va hosil ifloslanishining oldini olish choralari ham yoritilgan. Bundan tashqari, g‘o‘zada chekanka o‘tkazishning
biologik va agronomik ahamiyati, uning hosildorlikni oshirish, pishishni tezlashtirish hamda hosil elementlarining
to‘kilishini kamaytirishdagi roli ilmiy asosda bayon etilgan
References
Yuldashev A. T. G‘o‘za chekankasini mexanizatsiyalashning samaradorlik ko‘rsatkichlari // Agro-ilm. — 2020.
Mamatov F. M., Ergashev I. T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari: darslik. — Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2021.
Белов А. И. Агротехника хлопчатника в условиях механизации. — Москва: Колос, 1984.
Karimov A. A., Safarov I. G‘o‘za chilpish agregatlarining ishchi organlari parametrlarini optimallashtirish // O‘zbekiston
qishloq xo‘jaligi. — 2022.
Гулямов Х. М. Разработка технологических параметров рабочих органов машины для формовки кустов
хлопчатника: диссертация. — Ташкент, 1984.
Komilov R. M. Turli ko‘chat qalinligi va chilpish muddatlarining Andijon-35 hamda O‘zPITI-201 g‘o‘za navlari
hosildorligiga ta’siri: ilmiy tadqiqot ishi. — Andijon, 2023.
Abdukarimov A. A., Jo‘rayev S. A. Paxtachilik asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, nashr yili ko‘rsatilmagan.
O‘g‘ayeva X. S. Chilpish muddatlarining paxta hosildorligiga ta’siri: dissertatsiya ishi. — Toshkent, O‘zbekiston.
Boboyeva N. T. Ingichka tolali g‘o‘za navining o‘sishi va rivojlanishiga ko‘chat qalinligi hamda chilpish usullarining ta’siri
// Ilmiy maqola.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.