ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR TUFAYLI YUZAGA KELADIGAN BEVOSITA VA BILVOSITA IQTISODIY YO‘QOTISHLARNI HISOBLASH METODOLOGIYASI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19633773Keywords:
elektr ta’minoti, iqtisodiy yo‘qotishlar, bevosita zarar, bilvosita zarar, YaIM, VoLL metodologiyasi, energiya samaradorligi, sanoat tahliliAbstract
Ushbu maqolada elektr ta’minotidagi uzilishlar natijasida yuzaga keladigan bevosita va bilvosita iqtisodiy
yo‘qotishlarni baholashning kompleks metodologiyasi tadqiq etilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston iqtisodiyoti misolida
energetika tizimidagi uzilishlarning sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida
tahlil qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga yiliga o‘rtacha 6–7 milliard
AQSh dollari miqdorida zarar yetkazmoqda, bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining sezilarli qismini tashkil etadi.
Maqolada bevosita yo‘qotishlar (texnika vositalarining shikastlanishi, xomashyo isrofi) va bilvosita yo‘qotishlar (ishlab
chiqarishning to‘xtashi, sotilmagan mahsulotlar, investitsiyaviy jozibadorlikning pasayishi) o‘rtasidagi farqlar hamda ularni
hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan. Shuningdek, “Yetkazib berilmagan energiya qiymati” (Value of Lost Load – VoLL)
konsepsiyasi tahlil qilinib, uni milliy iqtisodiyot sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari
energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi
References
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. “O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasini rivojlantirish strategiyasi”.
– Toshkent, 2020.
Abdullayev O. Elektr energetikasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2018. – 245 b.
Suyunov A. “Do Electricity Blackouts Affect Firms’ Performance in Uzbekistan?” – ResearchGate, 2022.
Rentschler J. et al. Under the Weather: Measuring the Economic Impacts of Power Outages. – World Bank, 2019.
Toshpo‘latov S. Energiya tejamkorligi va samaradorlik. – Toshkent, 2019. – 156 b.
Qodirov M. Elektr tarmoqlarida yo‘qotishlar va ularni kamaytirish usullari. – Toshkent, 2021. – 172 b.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Energetika ko‘rsatkichlari statistik hisoboti. – Toshkent, 2023.
Billinton R., Allan R. Reliability Evaluation of Power Systems. – New York: Plenum Press, 1996.
Sanghavi P. “Economic Analysis of Electricity Reliability” // IEEE Transactions. – 2015.
Islomov D. Elektr energiyasini hisoblash tizimlari va avtomatlashtirish. – Toshkent, 2022.
Tashkent Times. “Power Outages Cost Uzbekistan Economy US$ 6 Billion Annually”. – April, 2019.
Vorotnitskiy V. “Metodika rascheta ekonomicheskogo ushcherba ot nedootpuska energii” // Energetik. – 2022.
Rasulov J. Energetika tizimlarida zamonaviy texnologiyalar. – Toshkent, 2020.
Oltiboyeva F.U. “Iqtisodiy jarayonlarda energetika omili” // Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2023
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.