QISHLOQ XO‘JALIGIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING INNOVATSION USULLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19536735Keywords:
qishloq xo‘jaligi, fermer xo‘jaliklari, tomorqa xo‘jaliklari, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion jarayonlar, oziq-ovqat xavfsizligi, bozor munosabatlari, xorijiy tajriba, eksport.Abstract
Maqolada qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat yo‘nalishi rivojlanishining mazmuni, jadallashuvi va dolzarb
yo‘nalishlari tahlil qilingan. Unda innovatsiyalarni joriy etish zarurligi, shuningdek, ulardan kutiladigan natijalar
mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va sohaning barqaror iqtisodiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan. Hozirgi
sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dunyo mamlakatlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Aholi sonining o‘sishi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi hamda yer unumdorligining pasayishi qishloq
xo‘jaligida yangi, innovatsion yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion
usullar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday usullarga, avvalo, raqamli texnologiyalarni joriy etish kiradi. Masalan, “aqlli
qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari orqali tuproq namligi, harorat va o‘simlik holatini real vaqt rejimida monitoring qilish
mumkin. Bu esa resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.02.2026 yildagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida
ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-22-son Farmoni // URL: https://www.lex.uz/uz/docs/-8050787
Sirojiddinov I. Q., Sirojiddinov K. I. Opportunities for the development and increase of fruit, vegetable production and
the export potential of the industry //Theoretical & Applied Science. – 2021. – №. 4. – S. 87-90.
Botirova R., Sirojiddinov I. Liberazition is acrucial condition for creating modern agriculture in Uzbekistan. - International
Journal of Research And development, march 2020, p. 200- 203.
Botirova R.A., Sirojiddinov K.I. Razvitie prodovolstvennoy napravlennosti selskoxozyaystvennogo proizvodstva. -
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, 2019 yil, maxsus son. Xiva, 2019. 36 -38betlar.
Sirojiddinov K. Developing the food orientation of agricultural production and the need to develop agromarketing //
Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 11. – S. 268-272.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.