KORXONALAR IQTISODIY BARQARORLIGINING NAZARIY MODELLARI VA SINERGETIK YONDASHUV ASOSIDA BAHOLASH MEXANIZMLARI

KORXONALAR IQTISODIY BARQARORLIGINING NAZARIY MODELLARI VA SINERGETIK YONDASHUV ASOSIDA BAHOLASH MEXANIZMLARI

Authors

  • Nargizaxon Iminova

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19517460

Keywords:

iqtisodiy barqarorlik, aloqa korxonalari, sinergetik yondashuv, integrallashgan indeks, moliyaviy barqarorlik, telekommunikatsiya bozori, strategik boshqaruv.

Abstract

Mazkur maqolada aloqa sohasi korxonalarining iqtisodiy barqarorligi tushunchasi nazariy jihatdan tahlil
qilinib, uni baholashning zamonaviy modellari o‘rganiladi. Telekommunikatsiya tarmog‘ining raqamli transformatsiya
jarayonidagi o‘rni, yuqori kapital sig‘imlilik hamda texnologik tezkor o‘zgarishlar sharoitida iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash muhim ilmiy-amaliy masala sifatida asoslab beriladi. Maqolada iqtisodiy barqarorlikning klassik va zamonaviy
yondashuvlari — moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsion va innovatsion barqarorlik yo‘nalishlari tizimli ravishda tahlil
qilinadi. Shuningdek, sinergetik yondashuv asosida korxona faoliyatidagi ichki va tashqi omillar o‘zaro ta’siri orqali
barqarorlik darajasini aniqlash konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida aloqa korxonalarining iqtisodiy
barqarorligini kompleks baholashga mo‘ljallangan integrallashgan indeks modeli taklif etilib, uning tarkibiy ko‘rsatkichlari
ilmiy asoslab berilgan. Mazkur model O‘zbekiston sharoitida telekommunikatsiya korxonalarini strategik boshqarishda
samarali qo‘llash imkoniyatiga ega.

Author Biography

Nargizaxon Iminova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
AKTSI kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston-2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining 2023-yil

yakunlari bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlari. - Toshkent, 2023.

Haken, H. (1983). Synergetics: An Introduction. Nonequilibrium Phase Transitions and Self-Organization in Physics,

Chemistry and Biology. - Berlin: Springer-Verlag.

Saaty, T. L. (1980). The Analytic Hierarchy Process. - New York: McGraw-Hill.

Sheremet, A. D., & Sayfulin, R. S. (2018). Finansovyy analiz. - Moskva: INFRA-M.

Blank, I. A. (2017). Upravleniye finansovoy stabilnostyu predpriyatiya. - Kiev: Nika-Tsentr.

International Telecommunication Union. (2023). Measuring Digital Development: Facts and Figures 2023. - Geneva:

ITU Publications.

Downloads

Published

2026-04-01
Loading...