O‘ZBEKISTON YAIMINING UZOQ MUDDATLI RIVOJLANISHIDA INVESTITSIYALAR, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (AKT) VA TASHQI SAVDONING TA’SIRI: KOINTEGRATSIYA TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18282713Keywords:
yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy o‘sish, to‘liq modifikatsiyalangan eng kichik kvadratlar usuli (FMOLS), siyosiy barqarorlik, korrupsiya, tashqi savdo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, uzoq muddatli tahlil, O‘zbekistonAbstract
Ushbu tadqiqot 2000–2024-yillar davomida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) uzoq muddatli
rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda to‘liq modifikatsiyalangan eng kichik
kvadratlar usuli (FMOLS) metodologiyasidan foydalanilib, siyosiy barqarorlik, korrupsiya darajasi, tashqi savdo, axborotkommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) infratuzilmasi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bilan YaIM o‘rtasidagi
uzoq muddatli o‘zaro bog‘liqliklar empirik jihatdan tahlil qilindi.
Tahlil natijalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasining
rivojlanishi yalpi ichki mahsulot o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omillar ekanini ko‘rsatadi. Bu holat investitsiya
muhitini yanada yaxshilash va raqamli infratuzilmani izchil kengaytirish iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari
sifatida ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Shuningdek, siyosiy barqarorlik va tashqi savdo omillarining iqtisodiy
jarayonlardagi roli ichki ishlab chiqarish bilan samarali uyg‘unlashgan holda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi aniqlandi.
Korrupsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha olingan natijalar esa institutsional muhitni mustahkamlash va moliyaviy boshqaruv
tizimida shaffoflikni oshirish barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini
ko‘rsatadi.
Tadqiqot natijalari asosida siyosiy-iqtisodiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, siyosiy barqarorlikni iqtisodiy mexanizmlar
bilan uyg‘unlashtirish, eksportni diversifikatsiya qilish, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish, AKT infratuzilmasini
kengaytirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish muhimligi asoslab berildi. Umuman olganda,
ushbu tadqiqot O‘zbekiston YaIMining uzoq muddatli barqaror o‘sishini ta’minlash va iqtisodiy strategiyalarni samarali
shakllantirish uchun mustahkam ilmiy asos yaratadi
References
Matkarimov G‘. Iqtisodiy o‘sishning nazariy asoslari va uni belgilovchi omillar tahlili // Green Economy and Development
Journal. — 2025.
Tirkashev U. Iqtisodiy o‘sish to‘g‘risida turli nazariy qarashlar evolyutsiyasi. — 2025.
Yuldashaliev M. D. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish // Tadqiqotlar.uz.
— 2024.
Qodirov U. O‘zbekiston iqtisodiyotiga xos xavf-xatarlar dinamikasining ekonometrik tahlili. — 2025.
Mamamayusupova X. D. Eksport va import faoliyatining iqtisodiy o‘sishga ta’siri: nazariy va empirik tahlil. — 2025.
Xursandov K. Eksportni rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biridir // Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot.
— 2024.
Balbaa M. E., Abdurashidova M. S. Income inequality and macroeconomic determinants in Uzbekistan: An empirical
analysis. — 2025.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 MUHANDISLIK VA IQTISODIYOT

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.