TIJORAT BANKLARNING PASSIV VA AKTIV OPERATSIYALARI BO‘YICHA FOIZ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.23104833

Abstract

Mazkur maqolada tijorat banklarida foiz siyosatini takomillashtirishning depozit va kredit operatsiyalari bilan bog‘liq amaliy hamda metodik jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda depozit foiz stavkalarini depozit hajmi va muddatiga mutanosib ravishda differensiallashtirish mexanizmi taklif etilib, bank resurs bazasini shakllantirishda foiz stavkalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, tijorat banklari foiz siyosati samaradorligini kompleks baholash maqsadida 9 ta asosiy ko‘rsatkichni qamrab oluvchi ballik baholash moduli ishlab chiqilgan. Mazkur modul banklarning samaradorligini hamda foiz riskini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni yagona baholash tizimida umumlashtirish imkonini beradi. Tadqiqotning yana bir yo‘nalishida o‘rtacha tortilgan kredit va depozit foiz stavkalarining dinamikasi ekonometrik usullar asosida tahlil qilinib, ularning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari shakllantirilgan.

Keywords

foiz siyosati, depozit foiz stavkasi, kredit foiz stavkasi, foiz stavkalarini differensiallashtirish, o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, sof foizli marja, foiz siyosati samaradorligi, ballik baholash

References

Bikker, J. A. et al. (2018). Determinants of Interest Rates on Time Deposits and Savings Accounts: Macro Factors, Bank Risk, and Account Features. International Review of Finance.

Hannan, T. H., Prager, R. A. (2006). Multimarket Bank Pricing: An Empirical Investigation of Deposit Interest Rates. Journal of Economics and Business, 58(3), 256–272.

Anderson, R. D. J., Ashton, J. K., Hudson, R. S. (2014). The Influence of Product Age on Pricing Decisions: An Examination of Bank Deposit Interest Rate Setting. Journal of International Financial Markets, Institutions and Money, 31, 216–230.

Drechsler, I., Savov, A., Schnabl, P. (2021). Banking on Deposits: Maturity Transformation without Interest Rate Risk. The Journal of Finance, 76(3), 1091–1143.

Andries, N., Billon, S. (2016). Retail Bank Interest Rate Pass-through in the Euro Area: An Empirical Survey. Economic Systems, 40(1), 170–194.

Gregor, J., Melecký, A., Melecký, M. (2021). Interest Rate Pass-through: A Meta-analysis of the Literature. Journal of Economic Surveys, 35(1), 141–191.

www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

Downloads

Published

2026-09-01
Vol. 4 No. 9 (2026): «Muhandislik va Iqtisodiyot» jurnali 9-son